Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar badminton turidan o‘zaro kuch sinashdi

Filial tyutori M.Yuldasheva o‘ziga biriktirilgan talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida «Besh muhim tashabbus» doirasida sportning badminton turidan musobaqa o‘tkazdi.

 

Musobaqada talabalar o‘zaro bellashdi. Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Ular musobaqada faol ishtirok etgani va g‘olib bo‘lganligi uchun filial direktori tomonidan Diplom bilan taqdirlandi.

Filial tyutorlari tomonidan talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida «Besh muhim tashabbus» doirasida bir qator tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Filial Matbuot xizmati.