Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial professor-o‘qituvchilari murabbiylarga seminar-trening o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari K.Baylepesov va A.Orinbayevlar Respublika suv sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiylariga «Para eshkak eshuvchilarning musobaqa oldidan psixologik tayyorgarligi» mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Unda filial professor-o‘qituvchilari K.Baylepesov va A.Orinbayevlar Respublika suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi murabbiylariga para eshkak eshuvchilarning musobaqa oldi psixologik tayyorgarligi, mashg‘ulot jarayonida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi va musobaqa vaqtida sportchi o‘zini qanday tutishi zarurligi haqida slayd yordamida tushunchalar berib o‘tdi.

Seminar davomida trenerlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va fikr-mulohazalarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.