Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Professorlar va murabbiylar fikrlashdi

Ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy metodlarini sport maktablari trenerlari faoliyatida qo‘llash uchun filial dotsenti, professor-o‘qituvchilari respublikamizdagi sport maktablari trenerlariga joylarga borib seminar-trening o‘tkazmoqda.

Bu borada «Sport o‘yinlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Islom Abdullayev va Timur Seytmuratovlar «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Futbol akademiyasi» murabbiylariga «Futbol akademiyalarida bolalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish» mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Unda filial professor-o‘qituvchilari Futbol akademiyasi murabbiylariga bolalarni har bir musobaqa oldidan qanday tayyorlash kerakligi, tayyorlash usullari, mashg‘ulotlar jarayonini qanday olib borish kerakligi haqida tushunchalar berdi.

Filial Matbuot xizmati.