Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial professor-o‘qituvchilari murabbiylarga seminar-trening o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Yakkakurash sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari professor Yakupbayev Alisher, dotsent Jarilkapov Ulug‘bek, Alxamov Mansur va Xudayorov Doniyorlar Nukus shahar Kurash mahorat maktabi murabbiylariga seminar-trening o‘tkazdi.

Unda filial professor-o‘qituvchilari kurash mahorat maktabi murabbiylariga sportchilar bilan mashg‘ulotlarni qo‘llash usullari, ularni musobaqa oldi qanday tayyorlash va ularga musobaqa vaqtida qanday motivatsiya berish kerakligi haqida ilmiy jihatdan tushunchalar berib o‘tdi.

Trenerlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi, fikr-mulohazalarini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.