Ommaviy axborot vositalari vakillari filialning ilmiy salohiyati haqida ma’lumotga ega bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan media-reja asosida «Filialning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar va natijalar» mavzusida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Islambek Mambetnazarov filialda ilmiy salohiyatni oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro yo‘nalishda xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik, professor-o‘qituvchilarning tajriba almashishi va erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, filial tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy loyihalar haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.