Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talaba qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati bilan uchrashdi

Joriy yilning 27-fevral kuni  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 1-mart – o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova dunyoga kelgan kun munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Ulbosin Kalillaeva kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

Tadbirda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Shahodat Jolliboyeva talaba qizlarga o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning hayoti, ijodi va ushbu davlat mukofotini muhtaram Prezidentimiz qo‘lidan qabul qilib olishdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.