Filial talabalari DIQQATIGA!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar e’tiboriga!
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan pullik shartnoma (kontrakt) asosida ta’lim olayotgan talabalar shartnoma pullarini to‘rtga bo‘lib to‘lash belgilangan.
🔹to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 30-oktyabrgacha va yuqori bosqich talabalari 1-oktyabrgacha,
🔹to‘lov miqdorining 50 foizi 1-yanvargacha,
🔹to‘lov miqdorining 75 foizi 1-martgacha,
🔹to‘lov miqdorining 100 foizi 1-aprelgacha yoki oliy o‘quv yurtining rektori yoki direktori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lash kerakligini ESLATIB O‘TAMIZ!
Kontrakt pullarini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang.
Filial Matbuot xizmati.