Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talaba-qizlar belgilangan shartlarda o‘zaro bellashdi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Davr qizlari» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Unda filialning talaba-qizlari belgilangan shartlar bo‘yicha o‘zaro qizg‘in bellashdi. Bir-biridan qiziqarli va mazmunli o‘tgan tanlovning har bir sharti bo‘yicha ishtirokchilar hakamlar tomonidan baholab borildi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida yuqori saviyada o‘tkazilgan tanlov yakunida ishtirokchilar orasidan nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.