Talabalarga targ‘ibot ishlari olib borildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni» hamda «Men diniy ekstremizm va terrorizm xavfini qanday tushunaman» mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni direktorning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi X.Ibragimova va boshqarmaning Nukus shahar bosh mutaxassisi X.Nezamatovlar so‘zga chiqib, ular o‘z so‘zlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat yo‘nalishidagi ichki va tashqi bosim va tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, shu bilan birga dinni niqob qilib olgan har xil diniy oqimlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir ishtirokchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.