QUTLOV!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi» boshlig‘i Ramazanov Medetbay Baxitbaevich!
Sizni ilm yo‘lidagi tinimsiz mehnatingizni, mehnat jamoasidagi faolligingizni va sizdagi insoniy fazilatlarni yuksak baholayman.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2026-yil 5-mart kungi 382/1-sonli bayoni bilan Ramazanov Medetbay Baxitbaevichga «Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtiruvchi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi» mutaxassisligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi.
Hurmatli Ramazonov Medetbay Baxitbayevich!
Sizni «Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtiruvchi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi» mutaxassisligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni bilan filial mehnat jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman hamda ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Nukus filiali direktori, professor: B.Erimbetov.