Talabalar asarlar tanlovida bellashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Jadidlar jasorati – millatimiz iftixori» mavzusida asarlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning tartibi va Jadidlarning kim bo‘lganligi haqida filialning professor-o‘qituvchilari va tyutorlar ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

So‘ng ishtirokchilar bu haqida asarlarini yozdi va baholash komissiyasi tarkibiga taqdim etdi.
Filial Matbuot xizmati.