Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Voleybol turidan filial birinchiligi o‘tkazildi

Talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sport madaniyatini rivojlantirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Talabalar ligasi» sport musobaqalari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha filial birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Filial birinchiligiga filialda tahsil olayotgan talabalar orasidan jami sakkiz jamoa o‘zaro kuch sinashdi va ular g‘oliblik uchun kurashdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlandi va ular filial tomonidan Diplom bilan taqdirlandi va ular orasidan eng kuchli sportchilar musobaqaning keyingi bosqichi uchun tanlab olindi.

Filial Matbuot xizmati.