Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar badiiy film tomosha qildilar

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan filial talabalari e’tiboriga «AVF» badiiy filmi havola etildi.

Film real voqealarga asoslanib suratga olingan bo‘lib, unda turli jinoyat sodir etib ayblangan, shuningdek, ular orasidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri yorqin aks ettirilgan.

Bu film o‘zining hayotiy voqealarga asoslanib suratga olinganligi bilan talaba-yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Filial Matbuot xizmati.