Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Diqqat tanlov!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba yoshlari uchun IT Hackathon tanlovini o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov talabalarning AT (axborot texnologiyalari) va SI (sun’iy intellekt) sohasidagi innovatsion g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlov ishtirokchilari:

– IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida innovatsion loyihalarini taqdim etadi;

– zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan g‘oyalarini namoyish etadi;

– sohaga qiziquvchi yoshlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlovda sport sohasidagi g‘oya va loyihalar bilan yakka yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin.

G‘oliblar Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlov vaqti: 2026 yil 13-may, soat 9:00 da.

Manzil: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o‘quv binosi.

Ma’lumot uchun: @azaamaniyazov