Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov olib bordi. Unda kun tartibidagi bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Dastlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Erimbetovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan 2026 yil mart oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi.

 

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq filialning O‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i D.Koshanov «Bitiruv malakaviy ishi va Davlat attestatsiya komissiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi to‘g‘risida,» Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i M.Ramazanov «2025-2026-o‘quv yili kuzgi semestr o‘quv jarayonining tahlili to‘g‘risida» va Axborot-resurs markazi boshlig‘i K.Toreshovaning «Axborot-resurs markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida» hisobotlari Kengash a’zolari tomonidan tinglandi.

Shuningdek, Kengash yig‘ilishi yakunida filial faoliyati bilan bog‘liq joriy masalalar muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial Matbuot xizmati.