Rektor talabalarning amaliy dars borishi bilan tanishdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori xizmat safari davomida filial direktori bilan birgalikda talabalarning amaliy dars jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida rektor talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi va mamlakatimizda oliy ta’limga, ayniqsa, sportga qaratilayotgan e’tibor va islohotlar haqida ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga rektor har bir talaba yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish kerakligini ta’kidladi.
Albatta, oliy ta’lim muassasasi rahbarining filial talabalari bilan uchrashib, dars jarayoni bilan tanishib, ochiq suhbatlashishi talabalarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi va ularning kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi deb o‘ylaymiz.
Filial Matbuot xizmati.