Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial professor-o‘qituvchilari uchun seminar trening o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Xalqaro ilmiy-texnik bazalardagi nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish va H-index ko‘rsatkichlari» mavzusida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

 

Unda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi bosh mutaxassisi Sardor Salaydinov filial professor-o‘qituvchilariga Web of Sciens, Scopus va boshqa xalqaro bazalarda indeksatsiyalangan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish talablari, shuningdek, h-index, IMRAD bo‘yicha maqolalarning ichki tuzilmasi hamda ushbu yo‘nalishda mamlakatimizdagi yutuqlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida keng ma’lumot berdi.

Filial professor-o‘qituvchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.