Filial jamoalari 1-o‘rinni egalladi

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Talabalar ligasi» muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Talabalar ligasi» doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha hududiy bosqich bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi 1-o‘rin, Qoraqalpoq davlat universiteti 2-o‘rin va Nukus davlat texnika universiteti 3-o‘rinni egalladi. Qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi 1-o‘rin, Qoraqalpoq davlat universiteti 2-o‘rin va Nukus davlat pedagogika instituti 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoa a’zolari musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Filial Matbuot xizmati.