Soha mutaxassislari talabalarga targ‘ibot ishlarini olib bordi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va fuqaro muhofazasi oyligi» doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor D.Eshniyazov talabalarga toshqin suvlari, sel oqimlari, ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, muhandislik-qo‘riqlash, hududlarni tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va zilzila sodir bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Unda talabalar favqulodda holatlar yuz berganda nima qilishlari haqida tushunchaga ega bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.