Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ko‘ksaroy» qarorgohida yoshlar bilan muloqotda har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda «Yoshlar kuni» bo‘lishi belgilangan edi.

Shu asosda bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutiboyev, filial direktori B.Erimbetov va shahar 2-sonli sport maktabining direktori G‘.Bayniyazov bilan birgalikda talabalar bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuvda sport vaziri E.Qutiboyev filial direktori bilan birgalikda talabalarga savdo-servis loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini, sport bilan shug‘ullanishi uchun to‘liq sharoitlar yaratilishini, kasb egallab, til o‘rganishlariga ko‘maklashishini, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga yordam berishini ta’kidladi.

Bundan tashqari har bir talabaga yaxshi o‘qib kelajakda yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.