Hamma qatori bizlar ham shahrimiz tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz!

Yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kunini yuqori darajada ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, shuningdek, atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida bugun shahrimizda umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Hasharda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali mehnat jamoasi va talaba-yoshlari hamkorligida o‘quv muassasasi atrofi va ko‘cha bo‘ylarida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Umumxalq ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida filial mehnat jamoasi va talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda.

Umumxalq hashari davom etmoqda…

Filial Matbuot xizmati.