Filial talabasi faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 2-4 may kunlari oralig‘ida Jizzax viloyatida sportning velosport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tgan edi.
Chempionatga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham talabalar ishtirok etdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabasi Orazbaeva Aruvxon jamoaviy bahsda 2-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan medal, Diplom bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot xizmati.