Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi nomida adabiy kecha bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 97 yilligi munosabati bilan «Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi» mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va yig‘ilganlarni qoraqalpoq adabiyotining ikki buyuk siymosining 97 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan adabiy kecha filial talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.