Shoir talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida shoir bilan adabiy uchrashuv kechasi tashkil etildi.

Tadbirda filial talabalari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi a’lochisi Ravshanay Begjanova bilan uchrashdi.

Adabiy uchrashuv kechasi davomida shoira, tajribali pedagog R.Begjanova talaba-yoshlarga o‘zining hayot yo‘li, ijodi haqida keng ma’lumotlar berdi va har bir talabani kitob o‘qishga chorladi.

Uchrashuv talabalarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.
Filial Matbuot xizmati.