Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va talaba-yoshlar!

 

Siz, azizlarni bugungi yurtimizga kirib kelgan muqaddas Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Aziz va qadrli hamkasblar!

Yangi O‘zbekiston – bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak degani.

Men ishonaman, barchangiz hamjihat bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadlar yo‘lida hissa qo‘shadigan yoshlarni bilimli, hunarli va chinakam vatanparvar avlod etib tarbiyalashingizga ishonaman. Shu yo‘lda barchangizni kuch-g‘ayrat tark etmasin!

Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan

O‘zbekiston davlat jismoniy

tarbiya va sport universiteti

Nukus filiali direktori: professor B.Erimbetov