Talabalar diqqatiga!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Karyera kuni» – mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.
Joriy yilning 8 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda talabalarning doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash maqsadida «Karyera kuni» – mehnat yarmarkasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishni istagan barcha filial talabalarini ushbu mehnat yarmarkasiga taklif etamiz.
Ushbu mehnat yarmarkasi sizlarning doimiy ish o‘rinlaringizga joylashishingizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz sizni yarmarkada kutamiz.
Filial Matbuot xizmati.