Aziza 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 2-4 iyul kunlari oralig‘ida sportning dzyudo turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tgan edi.
Musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial talabasi Aziza O‘mirboyeva 3-o‘rinni egallab, g‘oliblar qatoridan joy oldi va tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal bilan taqdirlandi.
Sportchini musobaqaga murabbiylardan D.Nurishov va U.Beshimovalar tayyorladi.
Filial Matbuot xizmati.