Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Qabul-2026

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2026-2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga bo‘lib o‘tadigan kasbiy (ijodiy) imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish, ochiqlik tamoyillari asosida o‘tishini ta’minlash maqsadida har bir mutaxassislik bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlariga mas’ul etib biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Qabul komissiyasining mas’ul kotibi T.Seytmuratov kasbiy (ijodiy) imtihonlarga mas’ul etib biriktirilgan mutaxassislarga imtihonlarni har tomonlama belgilangan tartibda ochiqlik tamoyillari asosida o‘tkazish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Mas’ul mutaxassislar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.