Bitiruvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Haq yo‘l sizga bitiruvchi» shiori ostida bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ravishda diplom topshirish kechasini filial direktorining Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Gulmurat Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bitiruvchilarga baland parvoz va oq yo‘l tilab, har bir bitiruvchi ustozlaridan olgan bilimlariga tayangan holda o‘zlarining egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar bitiruvchilarga o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, tantanali diplom topshirish kechasiga shahrimizdagi tadbirkorlar ham qatnashdi va ular bitiruvchilarni o‘zlaridagi mavjud ish o‘rinlariga taklif etdi.

Shundan so‘ng bitiruvchilarning ota-onalari, talabalarning o‘zlari to‘rt yil davomida ta’lim bergan professor-o‘qituvchilariga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdi.

So‘ng bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlarini topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida joriy yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini 221 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasida Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sohiblari ham bor.

Filial Matbuot xizmati.