Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘layapti
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2026-2027 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligidan mas’ul etib biriktirilgan Farhod Turdiyev, Shahrat Toshturdiev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutiboev va filial direktori, Qabul komissiyasi raisi Bayrambay Erimbetovlar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan mas’ul etib biriktirilganlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oldindan belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilishi qat’iy nazorat qilinmoqda.
Filial Matbuot xizmati.