Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Rektor kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishi bilan tanishdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialiga keldi.Rektor xizmat safarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2026-2027-o‘quv yili uchun sport faoliyati (faoliyat turlari) bo‘yicha joylarda o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishi bilan tanishishdan boshladi.Imtihonlarning ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga universitet rektori kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirayotgan abituriyentlarning ota-onalari bilan uchrashdi va ularning farzandlari o‘qishga kirib ketishlariga tilakdosh ekanligini bildirdi.

Filial Matbuot xizmati.