Qonunchilik yangiliklari
20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat!
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi.
Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun;
Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi.
Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi.
✓ Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza;
▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;
▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Filial Matbuot xizmati.