Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Filial Matbuot xizmati.