Filialda yangi o‘quv yilining ochilish marosimi bo‘ldi

Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quramiz!» shiori ostida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, 1-kursga talabalikka qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari bilan boshlandi.

So‘ng filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibayev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor E.Raxmanovlar so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda oliy ta’lim, sport sohasida yaratilayotgan sharoitlar, erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi va barcha yig‘ilganlarni mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Filial matbuot xizmati.