Talabalar filialning ichki imkoniyatlari bilan tanishtirilmoqda

Bugun yangi o‘quv yilining ikkinchi kuni. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari filialning ichki imkoniyatlari bilan tanishtirilmoqda.

Unda 1-kurs talabalariga o‘quv muassasasining tuzilmasi, fakultet, kafedralar, xodimlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti, o‘quv jarayoni, o‘quv dasturlari, rejalari, imtihonlar, talabalarning o‘zlashtirishi va ishtirokiga oid ma’lumotlar, ilmiy faoliyat bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

O‘z o‘rnida 1-kurs talabalari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olmoqda.

Filial Matbuot xizmati.