Filial jamoasi mehnat va tadbirkorlik yarmarkasida ishtirok etdi

Shahrimizdagi «Do‘stlik» kanali bo‘yida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari, ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan yirik mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi tashkil etilgan edi.

Kichik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan mehnat qurollari yarmarkasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi a’zolari va talaba-yoshlari zarur bo‘lgan zamonaviy asbob-uskunalar va mehnat qurollarining imkoniyatlari, tijorat banklari mutaxassislari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish va davlat subsidiyalarini olish tartibi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida filial talabalari ham mehnat bozoridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va soha mutaxassislaridan zarur taklif va maslahatlar oldi.
Filial Matbuot xizmati.