Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

DIQQAT KASTING

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga muvofiqlashtiruvchilikka kasting o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Liderlik va boshqaruv qobiliyati, notiqlik mahorati, tashkilotchilik, jamoa bilan ishlash va ish yuritish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalariga;

– zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmaga;

– Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga tegishli davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishni xohlovchi yoshlarni, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash a’zoligiga, shuningdek, fakultet rahbariyatiga o‘tkaziladigan kastingga barcha filial talabalarini ishtirok etishga taklif qilamiz.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash a’zoligiga kasting quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹 Intellektual loyihalar koordinatori;

🔹 Besh tashabbus loyihalari koordinatori;

🔹 Harbiy-Vatanparvarlik loyihalari koordinatori;

🔹 Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;

🔹 «Yoshlar daftari» va metsenatlik loyihalari koordinatori;

🔹 Talaba qizlar koordinatori.

Kastingga ro‘yxatdan o‘tish 15-sentyabr sanasidan 21-sentyabr sanasigacha.

Talabgorlar @Seydametovazizbek orqali va filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga kelib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Barcha faol yoshlarni kastingda kutib qolamiz!

Filial Matbuot xizmati.