Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ikki o‘quv yurti o‘rtasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda «Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlari: akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar» mavzusida professor-o‘qituvchilar bilan seminar o‘tkazdi.

«Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi tomonidan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan seminarda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, talabalar o‘rtasida mobil almashinuv va POlar o‘rtasida mahorat darslarini, ilmiy konferensiyalarda birgalikda ishtirok etishni yo‘lga qo‘yish, seminar, davra suhbati kabi uchrashuvlarni tashkil etish, xalqaro hamkorlik, ta’lim va madaniyat tashkilotlari hisoblangan ERASMUS+, ITEC, DAAD, KOICA, JICA, TIKA, GIZ, British Council, «SES» tashkilotlari bilan ham yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Scopus, web of science kabi xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida maqolalarni birgalikda nashr etish bo‘yicha masalalar yuzasidan fikrlar muhokama qilindi.

Ikki oliy o‘quv yurti hamkorligi borasida kelishib olindi.

Filial Matbuot xizmati.