Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 1-kursga qabul qilingan talabalar hamda filial faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida filial direktori, professor B.Erimbetov so‘zga chiqib, 2026/2027-o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar, ta’lim jarayonini tashkil etish, filialning moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbir davomida filialning bugungi faoliyati, erishilayotgan natijalar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan OAV vakillarining savollariga javoblar berildi.

Matbuot anjumani ochiq muloqot va fikr almashish ruhida o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.