#DIQQAT_TANLOV

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Eng yaxshi kreativ g‘oya» respublika tanlovining filial bosqichi o‘tkaziladi!
Tanlovning maqsadi – talabalarning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, yangi va kreativ g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni aniqlash.
Sizdan nima talab qilinadi?
- O‘ziga xos va kreativ g‘oya;
- Muayyan muammoning innovatsion yechimi;
- Amaliy ahamiyatga ega loyiha;
- G‘oyaning yangiligi va dolzarbligi;
- Loyihani kelgusida amalga oshirish imkoniyati.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari.
Tanlovda eng yaxshi loyihalar tanlab olinib, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Hujjatlarni topshirish telegram manzili: @ Koblan_Mnajatdinov va muddati: 05.10.2026.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun havola: https://drive.google.com/file/d/1Aia-1-gEgFwtYUnwbaoTCY4euYOLjo9M/view?usp=sharing
Kreativ fikrlang! yangi g‘oya yarating! loyihangiz bilan o‘z imkoniyatingizni namoyish eting!
Filial Matbuot xizmati.