Ijaradagi talabalarning ahvolidan xabar olinmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tyutorlari tomonidan ijara uylarda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularning holidan xabar olindi.
Unda tyutorlar talabalarga uy egalari bilan o‘zaro hurmat va yaxshi munosabatda bo‘lish, darslarga o‘z vaqtida qatnashish, universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, tozalik va tartibni saqlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, elektr uskunalari va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Bunday uchrashuv va o‘rganishlar talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ta’lim olishi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Filial tyutorlari tomonidan ijarada yashayotgan talabalarning holidan xabar olish va ularning muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Filial matbuot xizmati.