Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tanlov g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida «Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar hamda yozma fikrlar» tanlovi e’lon qilingan edi.

Bugun ushbu qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini ilmiy jihatdan o‘rganish, ularning xalqimiz tarixi, ilm-fani, ma’rifati va madaniyatiga qo‘shgan hissasini yoritish, yoshlarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, yosh tadqiqotchi va ijodkorlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Filial matbuot xizmati.