Filial tyutorlari talabalar bilan suhbatlar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tyutorlar tomonidan talabalar bilan muntazam ravishda yuzma-yuz suhbatlar tashkil etilmoqda.
Suhbatlar davomida talaba-yoshlarga turli noma’lum APK fayllarni yuklab olish va ulardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishdan saqlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, talabalarga ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilish, intizom va mas’uliyatni his etish muhimligi alohida ta’kidlanmoqda.
Bunday suhbatlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish hamda ularda mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Filial matbuot xizmati.