Talabalar tyutorlar nazarida

Filial tyutorlari ijara uylarda yashayotgan talabalarning ijara uylariga borib ularning yashash sharoitlaridan xabar olmoqda.
Bunda tyutorlar birinchi navbatda talabalarga isitish moslamalaridan foydalanishda e’tiborli bo‘lish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yashayotgan xonalarini toza saqlash, o‘qishlariga o‘z vaqtida kelib ketish va filialning ichki tartib intizomiga rioya qilish kerakligi haqida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Filial tyutorlari tomonidan olib borilayotgan bunday targ‘ibot ishlari talabalar orasida yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga asos bo‘lishi aniq.
Filial matbuot xizmati.