Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talaba-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan ijara uylarida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

Tashrif davomida talaba-qizlarga ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda yashash xonalarini ozoda saqlash yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, talaba-qizlarning xavfsiz, qulay va munosib sharoitlarda yashashlarini ta’minlash, ularning hayoti va salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Filial matbuot xizmati.