Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar orasida targ‘ibot ishlari olib borildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida payshanba «Yoshlar kuni» munosabati bilan «Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!» shiori ostida filial talabalariga profilaktika inspektori va tyutor bilan hamkorlikda tarqatma materiallar tarqatildi.

Bunday tadbirlar talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarga qarshi immunitetni shakllantirishda va jismonan chiniqqan sog‘lom avlodni tarbiyalashda ahamiyati katta.

Filial talaba-yoshlarining turli salbiy illatlarga qo‘shilib ketishlarining oldini olishda bunday targ‘ibot-tashviqot ishlarining muntazam ravishda olib borilishi muhim rol o‘ynaydi.

Filial matbuot xizmati.