Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar muzeyga sayohatga bordi

 

Filial talabalari professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi muzeyiga sayohat qildi.

Talabalar muzey xodimlari tomonidan adabiyotimizning yirik namoyandalari hayoti va ijodi, ularning boy adabiy merosi, qadimiy qo‘lyozmalari, xalqimizning o‘ziga xos madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirildi.

Sayohat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muzey xodimlaridan batafsil javoblar olishdi. Ushbu sayohat talabalarning adabiy merosimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitish va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qildi.

Filial Matbuot xizmati.