Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari kitob bilan do‘stlashmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markazida kitobxonlar to‘garagining «Bir oyda 10 kitob, bir yilda 100 kitob bilan do‘stlashdim» loyihasi asosida navbatdagi uchrashuv kechasi o‘tkazildi.

Uchrashuv kechasida shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Axborot-resurs markazi mutaxassisi Baxitli Saribayev tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenovning «O‘qituvchiga rahmat» qissasining g‘oyaviy mazmuni va obrazlar dunyosi talaba yoshlarga keng tushuntirildi.

Uchrashuv kechasi davomida adib ijodi yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Filial Matbuot xizmati.