Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Jamoa a’zolari sport musobaqalarida do‘stona uchrashuvlar o‘tkazdi

«Do‘stlik uchrashuvi» doirasida kurash, mini futbol, stol tennisi, qo‘l kurashi va voleybol sport musobaqalaridan do‘stlik uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan sport musobaqalarini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Mirzanov va filial direktori B.Erimbetovlar ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Musobaqa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda filial talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan sport musobaqalarida jamoa a’zolari o‘zaro do‘stlar orttirdi.

Filial matbuot xizmati.