Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ishtirokchilar Mo‘ynoqqa sayohatga bordi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida o‘tkazilayotgan «Do‘stlik uchrashuvi» doirasida viloyatlardan kelgan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va talabalari Mo‘ynoq tumaniga sayohat uyushtirdi.

Unda ishtirokchilar Mo‘ynoq tumanida joylashgan «Kemalar qabristoni,» «Orol dengizi tarixi muzeyi»ga sayohat qildi va muzey zallaridan o‘rin olgan baliqchilarning o‘sha davrlarda ushlab turgan qurol-asboblari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar «Do‘stlik uchrashuvi» doirasida «Biz Orol bilan birgamiz!» shiori asosida salomatlik marafonini o‘tkazdi.

Filial Matbuot xizmati.